Andijon viloyatida Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialida innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha iqtisodiy hudud tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga bo‘lgan o‘tgan yilgi tashrifi davomida, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Hozirgi kunda mazkur filial tashkil etilgan, ilmiy xodimlar tomonidan viloyatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan. 2016 yilda o‘rmon yerlarida bor-yo‘g‘i 8 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lsa, joriy va kelgusi yilda bu ko‘lam 830 gektarga yetkaziladi. Adir va tog‘oldi hududlarida ko‘plab doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlar va mutasaddilarga O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialida innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha iqtisodiy hudud
tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
“O‘rmon xo‘jaligi yerlarida foydalanilmayotgan imkoniyat ko‘p. Masalan, pista, yong‘oq, no‘xot, loviya kabi xaridorgir mahsulotlar, za’faron, na’matak va boshqa dorivor o‘simliklardan qancha daromad olsa bo‘ladi! Asal yetishtirish ham mumkin. Faqat ilm, izlanish, harakat kerak. Vaqti kelib, o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur”, – dedi Prezident
Batafsil ma`lumot uchun:
http://ut.uz/