Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

08.05.2018 17:07

8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan buyuk o‘zbek shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda shoirning katta qizi Shoira Oripova va «Jannatga yo‘l», «Sohibqiron» va «Rankxom» kabi asarlarning muallifi, televideniye jurnalisti, dramaturg Hamid Qahramon ishtirok etdi. Uchrashuv davomida «Jannatga yo‘l» videofilmi namoyish etildi. Ushbu videofilm markaz xodimlari o‘rtasidа  chuqur taassurot qoldirdi. Videofilmdan so‘ng Shoira Oripova shoirning hayoti va faoliyati, uning asarlari va nashr qilinmagan she'rlarini nashr qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi. O‘z navbatida, Hamid Qahramon «Jannatga yo‘l» asarini yaratilish tarixi, boshdan kechirgan qiyinchiliklari va uning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Markaz so‘zlovchilari shoirning asarlari chuqur ma'nosini va ma'naviy ahamiyatini, shoir shubhasiz, zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng yorqin namoyandasi ekanini ta'kidladi. Tadbir yakunida markaz direktorining 1-o’rinbosari Z.T. Buriev mehmonlarga o‘z vaqtlarini ayamasdan kelgani uchun va «Jannatga yo‘l» ning taqdimotlari uchun minnatdorchilik bildirdi Markaz tomonidan estalik sovg'alarini topshirdi.

c47861c7-42ca-465e-9835-3057249ff937

391f03f9-2a6a-47c1-84fe-e11ad77a2c0c

e13074c5-3b54-4c10-bd9b-7c188b9a696d


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена