Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

02.05.2018 10:15

2018 yilning 2 may kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, Genomika va bioinformatika markazi direktori akademik Ibrohim Yulchievich Abduraxmonov yo’l xaritasi doirasida Namangan shahridagi 1-akademik litseyga tashrif buyurdi. Litsey o’quvchilari bilan uchrashuvda Akademik Abduraxmonov mamlakatimiz taraqqiyotida ilm-fan va ta’limning roli, O’zbekiston hukumati tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, O’zbek olimlarining yutuqlari haqida gapirib berdi. Litsey o’quvchilari akademikni kata ishtiyoq bilan eshitdilar va juda ko’p qiziqarli savollar berdilar. Ba’zi o’quvchilar Genomika va bioinformatika markaziga kelib, tadqiqot loyihalarida qatnashish istagini bildirdilar. Uchrashuv so’nggida eng faol o’quvchilarga estalik sovg’alari topshirildi.

Shuningdek, akademik Abduraxmonov 2018 yilning 4 may kuni viloyatning Chust tumanida joylashgan G’ova qishlog’idagi 12-maktabga ham tashrif buyurdi. Maktab o’quvchilari bilan uchrashuv chog’ida akademik Abdurahmonov o’zining shu maktabda o’qigan davrlari, biologiya fan olimpiadalaridagi ishtiroki, oldiga qo’ygan maqsadlari va erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. U shuningdek, o’quvchilarga qat’iy maqsad bilan mehnat qilinsa, barcha ko’zlangan maqsadga albatta erishish mumkinligini ta’kidladi. Suhbat davomida ilm-fanning qiziqarli jihatlari va hayotimizni qanday o’zgartira olishimiz mumkinligi to’g’risida ham gapirib o’tdi. Maktab o’quvchilari bahs-munozaralarda faol ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob oldilar. Tadbir so’nggida faol o’quvchilarga estalik sovg’alari topshirildi.  

1

2

3 4 5

6 7

8

 


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена