18-19 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib, shu yilning mart-aprel oylari yurtimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari sifatida belgilangan. Shu munosabati bilan Genomika va Bioinformatika markazining maxsus urug'chilik xo'jaligida obodonlashtirish hamda 2018 yil tadqiqitlarini ekish ishlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Ariqiar va ko’chalar tozalandi, daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.