Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

23.03.2018 17:24

          20180323_104829

2018 yil 23 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va Bioinformatika markazida Qibray tumani xalq ta'limi bo’limi va yoshlar ittifoqi ko'magida 3 kunlik "Yosh biotexnolog" lagerining ochilishi bo'lib o'tdi. Lagerda ishtirok etish uchun Toshkent viloyati Qibray tumani maktablaridan har yili biologiya va kimyo fanlari bo’yicha olimpiadalarida faol ishtirok etadigan iqtidorli o'quvchilar tanlab olindi.
Innovatsion lagerni tashkil etishdan maqsad o’quvchilarni genomika va gen muhandisligi sohalaridagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar va ushbu ilm-fan yo’nalishlaridagi O'zbekiston olimlarining erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga jalb qilishdan iborat.
Markaz direktorining birinchi o'rinbosari, biologiya fanlari doktori, Zabardast Bo’riev innovatsion lagerni ochdi va ishtirokchilarni samimiy qutladi. Zabardast Bo’riev o’quvchilarni Markaz faoliyati va erishgan yutuqlari, O'zbekistonda ilm-fanning rivojlanishi va unda yoshlarning o'rni haqida qisqacha aytib berdi. Bundan tashqari, Markaz direktori, akademik Ibrohim Abdurahmonov ham lager ishtirokchilari kabi maktab chog’larida olimpiadalarda faol ishtirok etganini va oxir-oqibat o’zining katta mehnati bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishganini ta'kidlab o’tdi. So'zining oxirida Zabardast Bo'riev o'quvchilarga lagerda ishtirok etish davomida muvaffaqiyat va unutilmas taassurotlarni tilab qoldi.

          IMG_5750

          20180323_114050

          20180323_121025


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена