O`zbekistonda mustaqillik yillarida g`o`za o`simligini yetishtirish borasida ulkan yutuqlarga erishildi. Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan gen-nokaut texnologiyasi yordamida yuqori iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega bo`lgan “Porloq” paxta navlari yaratildi.