YARMARKA YAKUNLARI VA YUTUQLARI
2017-yilning 10-12 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida X Respublika Innovatsion G‘oyalar, Texnologiyalar va Loyihalar Yarmarkasi bo‘lib o’tdi. Ushbu yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tashkil etildi. Yarmarkada Respublikamiz bo’ylab qator tashkilotlar, kompaniyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlarning olimu-mutaxassislari qatnashdilar.
Markazimiz olimlari ham ushbu yarmarkada o’zlarining innovatsion ishlanma va ilmiy loyihalari bilan faol ishtirok etishdi. Ular yarmarka orqali o’z ilmiy ishlanmalarini namoyish etish bilan birga yurtimiz va chet ellik mehmonlar, olim va mutaxassislar bilan Markazimizda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va erishilgan natijalar borasida o’rtoqlashdilar.
Yarmarka doirasida III Xalqaro Innovatsion Forum bo’lib o’tdi va bu forumda O’zbekiston va Germaniyaning innovatsion sohalar bo’yicha hamkorligiga bag’ishlangan “O’zbek – nemis innovatsion muloqoti – bilimlarga asoslangan jamiyat qurish kelajagi” mavzuidagi xalqaro konferenstiya o’tkazildi.
Yarmarkaga tashrif buyurgan Germaniyalik delegatsiya a’zolari Markazimiz tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarning Markazimiz faoliyatiga bo’lgan qiziqishlari ilmiy va do’stona kayfiyatdagi suhbatlar asosida davom etdi. Bu o’z navbatida kelajakda yo’lga qo’yilishi mumkin bo’lgan hamkorliklarni mustaxkamlash uchun xizmat qiladi.
12 may kuni yarmarkaning yopilish marosimi hamda faol ishtirokchi va tashkilotlarni taqdirlash tadbirlari o’tkazildi. Taqdirlash marosimida Genomika va Bioinformatika Markazi X Respublika Innovatsion G‘oyalar, Texnologiyalar va Loyihalar Yarmarkasining eng faol ishtirokchisi nominatsiyasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar Agentligining FAXRIY YORLIG’I bilan taqdirlandi. Ushbu Faxriy Yorliq O’zbekiston Fanlar Akademiyasining vitse prezidenti va Markaz direktori professor Abduraxmonov Ibrohim Yulchiyevichga tantanali ravishda topshirildi.
Markazning kichik ilmiy xodimi Raxmanov Baxtiyor Karimovich “G’o’zada (Gossypium hirsutum L.) yagona hujayradan somatik embriyogenez usuli yordamida tibbiyot uchun qimmatli hisoblangan artemisinin moddasini faol ishlab chiqarish texnologiyasi” ishlanmasi uchun “Yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi. Artemisinin moddasi asosan bezgak kasalligiga davo hisoblanib yiliga millionlab insonlarning hayotini saqlab qolmoqda, bundan tashqari hozirda ushbu modda klinik sinovlarda gerpevirus, gepatit B, C, yanada e’tiborlisi saraton kasalliklarining turli formalarida o’rganilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Natijada artemisinin moddasiga bo’lgan talab kun sayin keskin ravishda ortib bormoqda. B.K. Raxmanovning ilmiy izlanishidan maqsad tibbiyotda qimmatli hisoblangan artemisinin moddasini yuqori miqdor va sifatda ishlab chiqarib farmatsevtika sanoati orqali yurtimizda ushbu moddaga ehtiyojmand bemorlarni ta’minlash va keyingi navbatda buni eksportga yo’naltirishdan iboratdir.
Markazning kichik ilmiy xodimi Raxmanov Baxtiyor Karimovich “G’o’zada (Gossypium hirsutum L.) yagona hujayradan somatik embriyogenez usuli yordamida tibbiyot uchun qimmatli hisoblangan artemisinin moddasini faol ishlab chiqarish texnologiyasi” ishlanmasi uchun “Yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyasi bo’yicha qator mukofotlar bilan taqdirlandi. Artemisinin moddasi asosan bezgak kasalligiga davo hisoblanib yiliga millionlab insonlarning hayotini saqlab qolmoqda, bundan tashqari hozirda ushbu modda klinik sinovlarda gerpevirus, gepatit B, C, yanada e’tiborlisi saraton kasalliklarining turli formalarida o’rganilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Natijada artemisinin moddasiga bo’lgan talab kun sayin keskin ravishda ortib bormoqda. B.K. Raxmanovning ilmiy izlanishidan maqsad tibbiyotda qimmatli hisoblangan artemisinin moddasini yuqori miqdor va sifatda ishlab chiqarib farmatsevtika sanoati orqali yurtimizda ushbu moddaga ehtiyojmand bemorlarni ta’minlash va keyingi navbatda buni eksportga yo’naltirishdan iboratdir.
B.K. Raxmanov yarmarka borasida o’z fikrlarini quyidagicha keltirib o’tdi: “Yarmarka ilmiy loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg’unlashgan holda shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, davlatimizning ilm-fan ahliga bo’lgan e’tibori sifatida ushbu Yarmarka orqali rag’batlantirish yosh olimlarning o’z ustida yanada ishlab o’z bilimlarini oshirib, yangi loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etishlarida muhim rol o’ynaydi. Bu orqali yosh olimlar milliy iqtisodiyotimiz va yurtimizning rivojlanishi uchun o’z xissalarini qo’shishga erishadilar”.