Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Home/Yangiliklar/Yangilik

Yangilik

« Back

09.05.2017 14:21

2_11

2017 yil 10-12 may kunlari poytaxtimizdagi “O'zekspomarkaz” Milliy ko'rgazmalar majmuasi, 1-pavilonida X Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi bo'lib o'tadi. 

Yarmarkaning asosiy maqsadi – ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi kooperatsion aloqani ta`minlashdan iborat bo'lib, korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta`lim muassasalari o'rtasida o'zaro manfaatli, har tomonlama munosabatlarni o'rnatish imkoniyatlarini yuzaga keltirishdir. 

X Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida innovatsion ishlanmalar 5 ta yo'nalish bo'yicha namoyish etiladi. 

“Sanoat” yo'nalishi bo'yicha jami 128 ta ishlanma, jumladan, neft-gaz, kimyo, tog'-kon sanoati, paxtani qayta ishlash tarmog'i hamda tadbirkorlar va kichik biznes uchun taqdim etiladi. 

“Axborot texnologiyalari” yo'nalishi bo'yicha respublika oliy o'quv yurtlari hamda axborot texnologiyalari markazlari tomonidan keng doiradagi iste`molchilar uchun 75 ta yangi ishlanma va dasturiy mahsulot namoyishi o'tkaziladi. 

“Sog'liqni saqlash va farmatsevtika” yo'nalishi bo'yicha kasalliklarni davolashning yangi usullari va zamonaviy texnologiyalari, keksa yoshdagi aholi, shuningdek, onalar va bolalar sog'ligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olishga yo'naltirilgan yangi yondashuvlar aks etgan 66 ta ishlanma taqdim etiladi. 

“Qishloq xo'jaligi” yo'nalishi bo'yicha Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, qayta ishlash tarmog'i, oziq-ovqat sanoati korxonalari hamda fermer xo'jaliklari e`tiboriga 87 ta yangi ishlanma namoyish qilinadi. Davlat ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari doirasida ishlab chiqilgan va tayyorlangan 20 ga yaqin qishloq xo'jalik texnikasi va uskunasini namoyish etish rejalashtirilmoqda. 

“Fan va ta`lim” yo'nalishi stendlarida ta`lim, yosh avlodni tarbiyalash sohasida keyingi yillarda erishilgan yutuqlar, horijiy tillarni o'rgatishga doir yangi dasturlar, darsliklar va ilg'or pedagogik texnologiyalarni qamrab olgan 12 ta ishlanma taqdim etiladi. 

Undan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O'zbekiston akademiklari va yetakchi olimlari bilan uchrashuvda qo'yilgan vazifalardan kelib chiqib, ustuvorlik iqtisodiyot sohalarining aniq muammolari yechimiga qaratilgan innovatsion texnologiyalarga beriladi. Aynan shu maqsadlarda “Joriy qilingan innovatsion ishlanmalar” yo'nalishi tashkil etildi. Ushbu yo'nalishda ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarda ilg'or innovatsion texnologiyalar asosida seriyali ishlab chiqarilayotgan 62 ta mahsulot taqdim etiladi. 

X Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalarning o'z ilmiy va amaliy ishlanmalarini namoyish etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususan, yarmarkada yosh olim va talabalarning 100 ta ishlanmasining taqdimoti o'tkaziladi. Yarmarka doirasida III Toshkent xalqaro innovatsion forumi bo'lib o'tadi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена