Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

27.02.2017 11:20

  Rakhmanov and R. Varshney Organizator

Certificate IDV-V_1

  Genomika va bioinformatika markazi kichik ilmiy xodimi Baxtiyor Raxmanov 2017 yilning 21-25 fevral kunlari Xindistonning Xaydarobod shahrida tashkil etilgan Qurg'oqchilik bo'yicha Beshinchi Halqaro Ilmiy Konferentsiyada (InterDrought-V) ishtirok etdi. InterDrought-V konferentsiyasida B. Raxmanov “Epigenetik mexanizmlarning g'o'za o'simligiga ta'siri” mavzusida taqdimot qildi. Ushbu konferentsiyada sayyoramizning 60 ga yaqin davlatlaridan 1000 ga yaqin olimlar va mutaxassislar, hamda maxsus taklif etilgan nufuzli olimlar ishtirok etishdi.
  Hozirda global iqlim o'zgarishi va qurg'oqchilik dunyoda eng yirik va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jiddiy qurg'oqchilik masalalarini yechish va ushbu stress sharoitlarda qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish tadqiqotchi va mutaxassislar uchun muhim vazifa hisoblanadi. Bularni e'tiborga olgan holda InterDrought konferentsiyasi qurg'oqchilik va boshqa stress omillarga chidamli bo'lgan ekinlarni yaratish va takomillashtirish uchun bog'liq strategiyalarni va muhim masalalarni taqdim etish, fikr almashish va bahs-munozara olib borish uchun keng maydon sifatida xizmat qiladi. Konferentsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishning ilmiy va texnologik imkoniyatlarni tadqiq qilishdan iboratdir.
   Avvalgi InterDrought konferentsiyalarining, ya'ni Frantsiyada (ID-I, 1995), Italiya (ID-II, 2005), Xitoy (ID-III, 2009) va Avstraliya (ID-IV, 2013) konferentsiyalarining davomi sifatida InterDrought-V halqaro ICRISAT tashkiloti tomonidan Xindistonda o'tkazildi.

 


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена