Qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yakuni bo'yicha salmoqli natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash bo'yicha takliflar ham tasdiqlandi.
Endilikda yetakchi olimlarni taqdirlash va e`tirof etish uchun Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag'batlantirish jamg'armasi tashkil etiladi.
Ma`lum bo'lishicha, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag'batlantirish jamg'armasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xo'jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi chegirma hisobidan shakllantiriladi.
Shuningdek, yurtimizdagi yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli stajirovkalari ham moliyalashtiriladi.
Mazkur qarorlar yurtimizda faoliyat olib borayotgan olimlarning samarali mehnatlarini munosib baholashda va ularni moddiy tomonlama rag'batlantirishda o'z hissasini qo'shadi.