Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

19.02.2017 14:36

Prezident qarori asosida bir qator institutlar Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytariladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori e`lon qilindi.

Qarorga ko'ra, avvalroq oliy ta`lim muassasalari tasarrufiga o'tkazilgan bir qator institutlar O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytariladi. 

Jumladan, akademiya tarkibida quyidagi institutlar bo'ladi:

- O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti;

- O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;

- O'zMU Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob ob`yektlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi FVV huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi instituti;

- Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti; 

- O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti; 

- O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti; 

- Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo'lyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti; 

- Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent bo'limi negizida Ya.G'ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti; 

- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O'zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti; 

- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O'zbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi. 

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligining Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashini Fanlar akademiyasi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashiga aylantirish to'g'risidagi taklifi qondiriladi. 

Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o'tkazilsin, u Fanlar akademiyasi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi bo'yicha jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilansin. 

Qayta tashkil etilgan Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasidir, ular avval o'zlari tasarrufida bo'lgan vazirlik va idoralar negizidagi ilmiy muassasalarning huquq va majburiyatlari bo'yicha huquqiy vorislari hisoblanadi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена