Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Home/Yangiliklar/Yangilik

Yangilik

« Back

10.02.2017 20:18

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimiz yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirga akademik ayollar, “Olima” uyushmasining oliy o‘quv yurtlaridagi kengashlari raislari, jurnalistlar taklif qilindi. 

Respublika xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi R.Murtazoyeva, akademiklar S.Rashidova, M.Mavloniy, A.Glushenkova va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidladi. Bunda ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida shug‘ullanayotgan ayollar faoliyati va ular erishayotgan muvaffaqiyatlar muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘ldi. 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishi ilm-fanga bog‘liqligi, bunday ishlarda davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishini alohida ta’kidladi, – deydi akademik S.Rashidova. – Bugungi tadbirning mazmun-mohiyati ham ana shu uchrashuvda belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgani bilan katta ahamiyatga ega. 

Yig‘ilishda ziyoli ayollarning oila va jamiyatda ma’naviy sog‘lom muhit qaror topishi, yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishida hamda aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotidagi alohida o‘rni xususida ham so‘z yuritildi. 

Tadbirda uyushma a’zolari tomonidan ilm-fan sohasida izlanayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashildi. 


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена