2 sentyabr, Islom Karimov vafot etgan kun, O'zbekistonda Birinchi Prezident Xotirasi kuni sifatida belgilandi. 30 yanvar kuni esa mamlakatda Islom Karimovning tug'ilgan kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to'g'risida"gi qarorida o'z ifodasini topdi. Qaror «xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo'lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O'zbekiston Qahramoni Islom Abdug'anievich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida» qabul qilindi, deyiladi hujjatda.