Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

23.01.2017 17:11

2017-yil 23-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Respublika baynalmilal madaniyat markazi (RBMM)ning 25-yilligiga bag’ishlangan tadbirlar doirasida “O’zbekiston mustaqilligi – millatlararo munosabatlarning rivojlanishida yangi bosqich” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, RBMM, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi va Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi konferensiya takshkilotchilari bo’ldilar.

Konferensiyada davlat va jamoat tashkilotlari, rahbarlari, olimlar, Toshkentdagi oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va talabalari, poytaxtning keng jamoatchilik vakillari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va respublikaning barcha viloyatlari milliy madaniy markazlari (MMM) vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya ishini kirish so’zi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti B.S.Yo’ldoshev ochdi. Konferensiyada so’zga chiqqan ma’ruzachilar va boshqa ishtirokchilar O’zbekiston mustaqillikka erishgach millatlararo munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini, ya’ni respublikaning Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi mamlakat rahbariyati O’zbekistonda yashovchi barcha millatlar va elatlar rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishni milliy siyosatning asosiy ustuvor yo’nalishi sifatida ilgari surganligini e’tirof etdilar.

Mazkur siyosat respublikada milliy madaniy markazlar yaratilishi uchun zamin hozirlanishida asosiy ahamiyat kasb etdi. Ularning faoliyati asosan milliy madaniyat rivoji, har bir millatning mamlakat ma’naviy boyligi rivojlanishiga hissa qo’shishidan iboratdir.  Biroq yanada ahamiyatlisi shundaki, biz “O’zbekiston – umumiy uyimiz” deb atovchi madaniyatlarning o’zaro uyg’unlashuvi, yagona ko’pmillatli oila hissi, xayrixohlik, o’zaro javobgarlik tuyg’ularining mustahkamlanishi yuz bermoqda.

2017-yilni respublikada Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilar ekan, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev e’tirof etdiki, «Mamlakatda saqlanib turgan tinchlik, o’zaro hurmat, mehr-oqibat muhiti, jamiyat jipsligi sharoitidagina inson manfaatlari ta’minlanishi mumkin».

Konferensiya ishtirokchilari yakdillik bilan shuni e’tirof etdilarki, mamlakatda barqaror tinchlik-totuvlik bizning bebaho boyligimizdir va uni ko’z qorachig’idek asrash – har birimizning muqaddas burchimiz.

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazining “Millatlararo totuvlik – tinchlik va barqarorlik kafolati” mavzuida o’tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Konferentsiya doirasida “O’zbekistonda tolerantlik madaniyati” hujjatli telefilmi namoyish etildi va RBMM tomonidan tayyorlangan, O’zbekistonda millatlarning bugungi hayoti haqida hikoya qiluvchi “O’zbekiston – umumiy uyimiz” kitob-albomi ikkinchi nashri taqdimoti o’tkazildi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена