Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

15.01.2017 13:41

e7fn7w14841024414143_m Akademik Yuldoshev Behzod Sodiqovich navbatdagi muddatga Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi to‘g‘risida

2017-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bag‘ishlangan Umumiy majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda Fanlar akademiyasi akademiklari, direktorlar kengashi a’zolari ishtirok etdilar.

Umumiy majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

So‘nggi yillarda Fanlar akademiyasi olimlari bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Tabiiy fanlarning asosiy sohalari – astronomiya, fizika, matematika, kimyo, biologiya, farmasevtika, geologiya, seysmologiya va boshqa jabhalarda jahon miqyosida tan olingan natijalarga erishildi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar – tarix, arxeologiya, sharqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va boshqa sohalarda ham olimlar tomonidan salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi.

Iqtisodiyotning mineral-xomashyo resurslarini chiqindisiz va samarali qayta ishlash, quyosh energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kimyo va biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi va seleksiyasi, ekologiya, farmasevtika, tibbiy diagnostika kabi hayotiy muhim tarmoqlarida mahalliy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yurtimizning yirik kimyo va neft-kimyo korxonalarida ishlab chiqarish mahalliy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etildi. Natijada 2006-2015 yillar mobaynida import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi (o‘g‘it, defoliantlar, o‘sish stimulyatorlari, yuqori sifatli aviatsiya yoqilg‘isi va boshqalar).

Bir qator radioizotoplar texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistondagi davolash muassasalari ushbu dori vositalari bilan ta’minlandi va ularni eksport qilishga ham erishildi.

Dunyoda birinchi bo‘lib gen-nokaut texnologiyasi yordamida paxtaning bir qator foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan noyob transgen navi (“Porloq” seriyasi) yaratilgani respublikamiz paxtachiligidagi eng yirik ilmiy yutuq bo‘ldi.

Seleksioner olimlar mamlakatimizning turli iqlim hududlarida g‘o‘zaning 20 ta yangi mahalliy navlarini rayonlashtirishga erishdilar.

30 dan ortiq nomdagi yangi mahalliy dori vositalari yaratildi va ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Ular hozirgi kunda ichki ehtiyoj uchun iste’molga chiqarilmoqda, ayrimlari esa xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Fundamental tadqiqotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatning muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Hozirgi paytda Fanlar akademiyasi va ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan kontsepsiya ishlab chiqilmoqda.

Ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari va korxonalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Asosiy vazifa nafaqat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratishdan iborat.

Fanlar akademiyasining akademiklari va respublikamizning yetuk olimlari asosiy kuch sifatida maydonga chiqishdi, Fanlar akademiyasiga, shuningdek, uning rahbari – akademiya prezidentiga alohida mas’uliyat yuklanmoqdaki, bu undan katta shijoat, ishchanlik va hozirgi globallashuv sharoitida jahon andozalari asosida ilmiy-tashkiliy faoliyat olib borishni talab etadi.

So‘zga chiqqan akademiklar M.S.Salohiddinov, S.Sh.Rashidova, R.A.Zohidov, B.M.Beglov, B.A.Nazarov, A.A.Asqarov, N.R.Yusupbekov, A.A.Abdullaev, professor Sh.A.Egamberdiev O‘zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan mamlakatimiz ilm-fani rivojiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlash barobarida akademik fan oldida turgan bir qator dolzarb masalalarni belgilab olishdi. Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentligiga saylash uchun akademik B.S.Yuldoshevning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.

Akademik Yuldoshev Behzod Sodiqovich navbatdagi muddatga Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevga murojaat qabul qilindi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена