Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Yangilik

« Back

04.12.2016 18:52

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Bugun bu ulug‘ ishlar katta g‘ayrat-shijoat bilan izchil davom ettirilayotgani uchun ham mamlakatimizni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va uning eksportbopligini ta’minlashga erishilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ilm-fan sohasi vakillari ham faol ishtirok etib o‘zlari munosib bilgan nomzodni saylamoqda. Ilm-fanning turli sohalarida o‘z maktabini yaratgan, nainki mamlakatimiz, balki jahonda ham taniqli, ko‘zga ko‘ringan olimlarimizdan ayrimlari bilan onlayn bog‘lanib, Prezident saylovidagi taassurotlari bilan qiziqdik. 

– Mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun barcha imkoniyat va zamonaviy shart-sharoit yaratilgani samarasida o‘zbek genetika maktabi xalqaro ilmiy maydonda mustahkam o‘rin egalladi, bu borada fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarimiz ko‘lami kengaydi, – deydi Jahon fanlar akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Ibrohim Abdurahmonov. – Mamlakatimiz fermerlari bir necha yildan buyon gen-nokaut usulida yaratilgan g‘o‘za navlaridan mo‘l va sifatli paxta hosili olmoqda, mazkur yangilik dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otgani rost. Bugungi Prezident saylovi bilan davlatimizning ertangi taraqqiyot strategiyasi belgilab olinar ekan, bu o‘zbek ilm-fani rivoji uchun ham yangi ufqlar ochishi shubhasiz. Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 93-saylov uchastkasida aholi gavjumligi va faolligi, odamlarning yuz-ko‘zidagi quvonch, yoshlarning kattalarga hurmat-e’tiborini ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim. 

O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima, professor Suyima G‘aniyeva 84 yoshda. Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 215-saylov uchastkasi vakillari onaxonning uyiga saylov qutisini olib borib, ovoz berishni tashkil etdi. 

– 1991-yil menga qo‘shaloq bayram ulashgan: Alisher Navoiy yilida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov jasorati bilan xalqimiz mustaqil yashash huquqini qo‘lga qiritgan, barcha navoiyshunosning orzusi – ulug‘ bobomizning dastxatini topib kelish menga nasib etgan. Bunda ezgu bir hikmat ko‘raman, – deydi S.G‘aniyeva. – Bugun saylovda mamlakatimizda aynan Alisher Navoiy orzu qilgan «quyoshliq istab», «kasbi kamol et»adigan, ya’ni har ishda barkamollikka intilib yashaydigan insonlar yanada ko‘payishini, o‘z hayotini «ulusning navobaxshi bo‘lish»ga baxshida etadigan yoshlar safi kengayishini niyat qilib ovoz berdim. 

– Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridagi saylovlarni muntazam kuzatib boraman. Bu galgi O‘zbekiston Prezidenti saylovi ham qonunlarimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga mos ochiq, oshkora o‘tmoqda, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, professor Abbosxon To‘rayev. – Hozirgina Yunusobod tumanidagi 608-saylov uchastkasida o‘zim munosib topgan nomzod uchun ovoz berdim, saylovga kelgan mahalladoshlar bilan gurunglashdik. Xalqimiz yangi davlat rahbari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan mustaqil, barqaror va qudratli davlatimizni yanada yuksak taraqqiyot sari boshlashini niyat qilmoqda. Barcha soha vakillari singari biz olimlar ham bunda kamarbasta bo‘lamiz. 

– Mustaqillik yoshlarimiz uchun barcha sohada, xususan, ilmiy yo‘nalishda ham o‘z iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun keng yo‘l ochdi, shular tufayli 27 yoshimda texnika fanlari nomzodi bo‘ldim, – deydi O‘zFA «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori o‘rinbosari Jasur Ahadov. – Insoniyatning kelgusi hayoti qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bog‘liq bo‘lib turgan hozirgi paytda O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish borasida keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti, xalqimiz hayotining yanada farovon bo‘lishida bugungi muhim voqea – O‘zbekiston Prezidentligiga eng munosib nomzodni saylash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qariyb 600 xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari, yetakchi ekspertlar bu siyosiy jarayonni bevosita kuzatish uchun mamlakatimizga kelgani ham bugun butun dunyo nigohi O‘zbekistonga qaratilganining isbotidir. Bugun erta tongda Olmazor tumanidagi 246-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonida bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Xalqimiz davlatimiz rahbarligiga munosib nomzodni tanlab ovoz berarkan, bu, avvalo, o‘zining, oilasining ertangi taqdiri uchun muhim ahamiyat kasb etishini teran anglamoqda. 


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена