Agrobest Group boshqaruvi raisining tashrifi.
12 oktyabr 2018 yil Genomika va bioinformatik markaziga Turkiyaning Agrobest Group kompaniyasi raisi janob Faruk Erog'lu tashrif buyurdi. Mehmonga Genomika va bioinformatika markazi direktori, innovatsion rivojlanish vaziri akademik Ibrohim Abduraxmonov hamrohlik qildi. Mehmon Markaz tuzilmasi, laboratoriyalar va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, janob Faruk Erog'lga Markaz olimlarining yutuqlari va qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun muhim bo'lgan innovatsion ishlanmalarni ko’zdan kechirdi. Shundan so’ng, mehmon Genomika va bioinformatika markaziga qarashli Maxsus urug’chilik xo’jaligiga ham tashrif buyurib, u erda yetishtirilayotgan va sinovdan o’tkazilayotgan yangi biotexnik paxta va kartoshka navlarini borib ko’rdi. Faruk Erog'lu Markaz olimlarining erishgan yutuqlarini yuqori baholadi va ushbu ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuvi uchun ulkan salohiyatga ega ekanligini ta'kidladi.