“O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi (roʻyхat raqami 12405, 14.01.2020 y.) O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, muhokama uchun regulation.gov.uz portalida joylashtirilgan. Qarorga muvofiq har bir hududida bosqichma-bosqich yuridik shaxs maqomiga ega mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yoshlar texnoparki” direktsiyasi tashkil etiladi. Bunda, Texnopark “Yashnobod” innovatsiya texnoparkining hududiy bo‘linmasi deb hisoblanadi. Qaror bilan Texnopark faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari ham belgilangan.
Loyiha 2020 yil 29 yanvarga qadar muhokama qilinadi, fikr-mulohaza va takliflar asosida oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.