O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish global iqtisodiyotda inqirozli holatlar hamon davom etayotgan va iqtisodiyotning rivojlanishi sust kechayotgan, jahonda narxlarning pasayishi kuzatilayotgan, eksportbop ko‘plab asosiy tovarlarga nisbatan tashqi to‘lovga layoqatli talab kamayib borayotgan bir sharoitda amalga oshirildi.
Shunday bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun mavjud zaxira va imkoniyatlarni jalb etishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasida joriy yilning birinchi choragida iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi...