O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi akademiklari O'zR FА
Genomika va Bioinformatika markaziga tashrif buyurdilar.
Bugun, 2018 yil 10 yanvar kuni ilm-fanning turli sohalaridagi etakchi olimlari Genomika va Bioinformatika Markaziga tadqiqot yo'nalishlari va so'nggi ishlanmalar bilan tanishish uchun tashrif buyurishdi. Tashrif "Faol tadbirkorlikning innovatsion g'oyalari va texnologiyalarini qo'llab-quvvatlash yili" doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Akademiklar Markazning laboratoriyalari va tadqiqot sohalari bilan tanishdilar. Mehmonlarga yosh kadrlar, shuningdek superkompyuterlar tomonidan qo'llaniladigan noyob ob'ektlar (fitotron, germplazm va issiqxona) va Genomika va Bioinformatika markazining yangi zamonaviy jihozlari taqdim etildi. Akademiklar biotexnologiyaning zamonaviy usullari bilan yaratilgan yangi ishlanmalar va navlarini ko'rishdi. Bular go'zaning yangi navlari Porlock, Tafakkur, Baraka va Sahovat, shu navlarining xomashyosidan tayorlangan mahsulotlari (iplar, mato va futbolka) edi. Bundan tashqari, akademiklarga Markaz xodimlarining jahon miqyosida chop etilgan so'nggi nashrlarii (8 ta kitob va yuqori murojaat indexli maqolalari) bilan tanishtirdilar. Tashrif davomida Markazda ishlayotgan yoshlar bilan suhbatlar o'tkazildi va ularga kelajak ishlariga yahshi tilaklar bildirdi.