Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Home/Yangiliklar/Olimlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Minnatdorlik va Tabrigi!

Olimlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Minnatdorlik va Tabrigi!

« Back

29.12.2018 15:00

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Turkiyaning moliyaviy-iqtisodiy Turcomoney nashri tomonidan tuziladigan reytingda “Yil xorijiy davlat arbobi” sifatida tan olinganligingiz hamda Osiyo jurnalistlari Assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha (AJA) Osiyoning “Yil odami” deb topilganligingiz biz tadqiqotchilarni quvontirdi, ruhlantirdi, ko‘nglimizga ko‘tarinkilik olib kirdi.

Genomika va bioinformatika markazi tashkil topilishida, uni faoliyatida biz hamisha sizning qo‘llab-quvvatlashingizni his etib kelganmiz. Bugungi islohotlar davrida esa ilmiy izlanishlarimizga bo‘lgan alohida e’tiboringiz, olimlarga bildirayotgan ishonchingiz faoliyatimizga yanada jiddiy munosabatda bo‘lishimizga, ilmiy salohiyatimizni kuchaytirishimizga, o‘z ustimizda ko‘proq ishlashimizga turtki bermoqda.

Bugunda yurtimiz sizning sa’y-harakatlaringiz bilan qo‘shni mamlakatlar bilan ham, uzoq xorijiy davlatlar bilan ham do‘stlik munosabatlarini mustahkamladi. Bu o‘z navbatida o‘zbek ilm-fanining o‘sishiga, uning dunyo miqyosida kashfiyotlarni amalga oshirishga hissa qo‘shadi. Zero, ilm-fan rivojlanishi xalqaro tajribalarni o‘rganishni, ko‘p bosqichli fanlararo integratsiya yutuqlarini yangi kashfiyotlarda mujassam etishni taqozo etadi.

Yangi yil arafasida erishgan yutuqlaringiz, mukofotlaringiz bilan tabriklar ekanmiz, Sizga uzoq umr, islohotlar yo‘lida ijodiy ko‘tarinkilik tilaymiz!

Ehtirom bilan,

Genomika va bioinformatika markazi jamoasi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена