Iqtisodiyotining turli jabhalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik natijalarini amaliyotga joriy etishni jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi № PP-916 «Innovatsion loyihalar natijalari va yangi texnologiyalarni sanoatda qo‘llanilishini jadallashtirish maqsadida qo‘shimcha chora tadbirlar haqida»gi qarorini bajarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yilning 11-13 May kunlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida navbatdagi IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasini tashkil qilish haqida qaror qilindi.