Genomika va bioinformatika markazi doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 2020 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha
QABUL E’LON QILINADI:
№ |
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
Qabul kvotasi |
Doktorantura |
|||
1 |
03.00.14 |
Genomika, proteomika, bioinformatika |
1 |
Tayanch doktorantura |
|||
1 |
03.00.03 |
Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya |
1 |
2 |
03.00.14 |
Genomika, proteomika, bioinformatika |
3 |
Hujjatlar 2019-yil 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura va Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2019-yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
- chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
- mutaxassislik.
Tayanch doktorantura(PhD)ga kiruvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nushasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistrlik diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati va ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari uchun tegishli hujjat nusxasi.
Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- ish joyidan tavsifnoma;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
Izoh:
Hujjatlar Genomika va bioinformatika markazi Doktorantura bo‘limiga topshiriladi.
Ma’lumot uchun tel: (71) 260-51-79
(93) 519-00-29