Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Doktorantura/2024-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim uchun qabul

2024-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim uchun qabul

Genomika va bioinformatika markazi doktorantura, tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchilikka va mustaqil izlanuvchilikka 2024 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha

QABUL E’LON QILINADI:

Ixtisoslik shifri

Ixtisoslik nomi

Qabul kvotasi

Doktorantura

1

03.00.14

Genomika, proteomika, bioinformatika

-

     Tayanch doktorantura

1

03.00.14

Genomika, proteomika, bioinformatika

6

 

 

                   Stajyor tadqiqotchi

 

1

03.00.14

Genomika, proteomika, bioinformatika

1

 

 

Mustaqil izlanuvchi

 

1

03.00.14

Genomika, proteomika, bioinformatika

 

 

Qabul: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim to`g’risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktorantura va  Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2023-yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar.

Tayanch doktorantura(PhD)ga kiruvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- ariza;

- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID karta nusxasi

- qisqacha biografik ma’lumotnoma;

- ilmiy rahbar tomonidan tavsifnoma 

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nushasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistrlik diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati va ularning nusxalari;

- chet tilini bilish darajasi bo’yicha B2 sertifikat nusxasi

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari uchun tegishli hujjat nusxasi.

Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- ariza;

- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID karta nusxasi

- ish joyidan tavsifnoma;

- qisqacha biografik ma’lumotnoma;

- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- chet tilini bilish darajasi bo’yicha B2 sertifikat nusxasi;

- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.

Izoh:

Hujjatlar Genomika va bioinformatika markazi Doktorantura bo‘limiga topshiriladi.

Xujjatlar 2023 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Talabgorlar: http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro`yxatdan o`tadilar

Ma’lumot uchun tel:(97) 490-50-78

 

Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена