Kuni kecha “Xinjiang Jinfengyuan Seeds" kompaniyasi xodimlari Genomika va bioinformatika markaziga tashrif buyurishdi
"Xinjiang Jinfengyuan Seeds" kompaniyasi Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati, Aksu shahrida joylashgan katta qishloq xoʻjaligi korxonasidir.1999-yili tashkil etilgan bu kompaniya paxta,guruch, bugʻdoy va joʻhori urugʻlarini seleksiya qilish, koʻpaytirish va tarqatishga ixtisoslashgan.Tashrif davomidaGenomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Boʻriyev boshchiligida markazdagi labaratoriya boʻlimlari hamda olib borilayotgan tajriblar koʻrib chiqildi.
Ushbu tashrif mobaynida Xitoy delegatsiyasi xodimlari bilan markaz olimlari oʻzaro bilim va ma'lumotlarini almashishdi va qizgʻin munozara olib borildi